Flat Preloader Icon Loading...

Tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq, 2024-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha

QABUL E’LON QILADI

Tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka

Ixtisoslik shifri va nomi2024yil uchun kvota (soni)
Tayanch doktorantura (PhD)Stajyor- tadqiqotchi
04.00.14-Foydali qazilmalarni boyitish21
05.02.01-Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi21

TALABGORLAR TOMONIDAN TOPSHIRILISHI ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR

Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-son qarori 16-bandidagi talab bo‘yicha ilmiy ishlari ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga mos kelishi lozim);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
В2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori 6-bandidagi talab bo‘yicha).

Hujjatlar 2023-yilning 15-sentyabrdan 15 oktyabr (mazkur sana ham kiradi) sanasiga qadar
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (http://phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va qabul kvotalarini Veb-sayt: tdtuof.uz olish hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojat etish mumkin.

Manzil: Olmaliq sh, М.Ulug‘bek ko‘chasi 45-uy.

Murojaat uchun telefon raqami:  +99893 133-24-24.

Scroll to Top