Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakulteti 13,14-22 “EEE” talabalari kafedra dotsenti M.Muminov va assistent O.Shodiev rahbarligida yangi zamonaviy qurilmalar va texnologiyalar bilan jihozlangan Ohangaron “Gidro elektr stansiyasi” unitar korxonasiga ekskursiya uyushtirishdi.
Ushbu ekskursiya Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi jumladan, «Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda Yashil iqtisodiyot texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish«ga doir vazifalari bo‘yicha Toshkent viloyatida amalga oshiralayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
Ekskursiya davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga korxonaning yetakchi mutaxassislari javob berishdi. Ekskursiya qiziqarli va mazmunli o‘tdi.