Yоshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yil rejalari muhokamasi yuzasidan “Yоshlar forumlari” doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotlari tashkil etilmoqda.
TDTU Olmaliq filiali direktori t.f.d., professor A.U.Samadovning filial yoshlari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bunda talabalarning tashabbuslari, murojaatlari va maqsadlari yuzma-yuz suhbatlar orqali o‘rganilmoqda.
Suhbat jarayoniga mutasaddi mas’ullar taklif qilinib, uchrashuv davomida talabalar tomonidan bildirilgan ba’zi masalalar shu joyning o‘zida hal etilmoqda.