🔷Kuni kecha TDTU Olmaliq filialining 2023-yildagi oxirgi kengashi bo‘lib o‘tdi.
🔷Kengash ishi boshlanishi oldidan filial direktorining Yоshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari PhD A.Djamiyevga dotsent ilmiy unvoni guvohnomasi, KI fakulteti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Abdusattorovga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy daraja guvohnomasi topshirildi.
🔷Kengashda kun tartibidagi masalalar muhokamasi o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
🔷Shuningdek, filialda faoliyat yuritayotgan “Yosh olimlar” Kengashi raisi hamda “Yoshlar akademiyasi” lideri lavozimlari jamoatchilik asosidagi filial direktori maslahatchisi lavozimiga tenglashtirilishi haqidagi taklif kengash a’zolari tomonidan ma’qullandi.