Muzeylar bizga tarixdan so‘zlaydi. O‘tmishni kelajak bilan bog‘laydigan, tarixni jonli anglata oladigan muzeylarining borligi xalqimiz uchun eng buyuk sharaf, aslida.
Bu haqda davlat rahbari o‘z ma’ruzasida o‘tgan davr mobaynida yangi 11 ta muzey tashkil etilganligini ta’kidlab, muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yetti yillik dastur qabul qilinishini e’lon qildi.
1941-1945 yilgi ikkinchi jahon urushi xotiralarini o‘sha davr eksponatlari asosida ko‘rsatib beradigan, g‘alabaga erishishda jasorat ko‘rsatgan insonlar xotirasi uchun tashkil etilgan Gʻalaba bog‘i hamda bog‘ markazidagi » Shon-sharaf» muzeyida bo‘lgan TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari juda katta taassurotlar bilan qaytishdi.