Flat Preloader Icon Loading...

Direktor sirtqi ta’lim talabalari bilan uchrashdi

sirt ilar bilan uchrashuv

🔷Bugun TDTU Olmaliq filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor A.Samadov Energetika va mashinasozlik fakultetida sirtqi ta’lim shakli talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda talabalar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar va qiziqtirgan savollari bilan o‘rtoqlashdi.

🔷Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda filial rahbari yoshlar bilan doimiy muloqotga tayyorligi, buning uchun «TDTU Olmaliq filiali direktoriga taklif va murojaatlar boti 👉@tdtuof_direktorga_murojaat_bot» tashkil etilganligi hamda guruh orqali istalgan savollariga javob olishlari mumkinligini ta’kidladi.

🔷Shuningdek, talabalarning tashabbus va takliflarini amalga tadbiq etishga doim tayyor ekanligini bildirib, ularni faol bo’lishga hamda darslarni o’z vaqtida o’zlashtirib, kerakli bilimlarni olishga chorladi.

Scroll to Top