🔷Ijara xonadonlarida talabalar qanday sharoitlarda yashayotgani filial rahbariyatining nazoratida turgan masalalardan biridir. Oliy ta’lim muassasasining mas’ul vakillari tomonidan mazkur masala doimiy o‘rganilib, zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rilib kelinmoqda.
🔷TDTU Olmaliq filiali direktori A.Samadov boshchiligida bir guruh mas’ullar talaba-qizlar yashayotgan shahrimizdagi ko‘p qavatli uylarda, ijara xonadonlarda bo’lishdi.
🔷Qish mavsumida xonadonlarning isitish, yorug‘lik tizimi, suv bilan ta’minlanish holatlari o‘rganildi. Talabalarga zarur holda murojaat qilishlari, har qanday savol, muammoning hal etilishiga ko‘mak olishlari mumkinligi ta’kidlandi.