Muzeylar yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga ona Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.
Muzeyda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti va yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi.
TDTU OF Energetika va mashinasozlik fakulteti talabalari tyutorlar M.Haydarova va S.Ashirov hamrohligida Olmaliq shahar O‘lkashunoslik muzeyida bo‘lishdi.