🔷Ma’lumki, 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” deb belgilangan. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab “Ilmli ayol -jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
🔷Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Zoom” dasturi orqali videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan Xalqaro forumda TDTU Olmaliq filialining olima ayol-qizlari vakillari ishtirok etishdi.
🔷“O‘zbekiston olima ayollarning xalqaro maydondagi o‘rni” mavzusidagi Xalqaro forumda milliy va xorijiy yetakchi olimalar ishtirok etishdi.