🔷Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Yoshlar ishlari agentligi, TDTU OF hamda shahar Soliq inspeksiyasi hamkorligida sportning Shahmat turi boʻyicha «Olmaliq shahar Soliq inspeksiyasi rahbar kubogi» musobaqasi boʻlib oʻtdi.
🔷Musobaqa avvalida filial direktori t.f.d. professor A.Samadov so’zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. So’ng musobaqa mehmoni grossmeyster, shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi, Hindistonning Chennay shahrida o’tkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi chempioni, Oʻzbekiston iftixori medali sohibi Nodirbek Yakubov shaxmat ixlosmandlariga o’z muvaffaqiyatlari haqida qisqacha so’zladi.
🔷Shuningdek, Olmaliq shahar soliq inspeksiyasi boshlig’i Ixtiyor Aliyev ham ishtirokchilarga omad tilab, musobaqani ochib berdi.
🔷Musobaqada ishtirok etgan 200 нафарга яқин 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan shaxmat ixlosmandlari oʻrtasida shaxmat kurashlari shiddatli tarzda boʻlib oʻtdi.
🔷G`olib ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan munosib taqdirlandilar:
1-o‘rin – TDTU Olmaliq filiali talabasi Umidjon Orziqulov; 2-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Humoyun Rustamov; 3-o‘rin – OKMK 3-Mis boyitish fabrikasi ishchisi Abdurahmon Abdunazarov.
Konchilik ishi fakultetida professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar hamda xodimlar ishtirokida “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbirni Yoshlar masalalari va…
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish, muhandislik sohalarida yetuk kadrlar tayyorlashni takomillashtirish ustuvor masaladir. Mazkur masalalar ijrosini ta’minlash…