Flat Preloader Icon Loading...

Paraolimpiachi qizlar: “Hammasi yaxshi bo‘ladi”

jkbvgbfxbkfh

🔷Taqdirning sinoati bilan o‘z jismida muammolarga uchragan, tayanch-harakat tizimida shikastlanishi bor, lekin qalbida bir dunyo umid va ishonch, tanida buyuk iroda kuchi mujassam lobar qizlarning so‘zlarini ko‘zda yosh bilan tinglaysiz. Va qalbingizda ularga nisbatan chuqur hurmat uyg‘onadi.

🔷TDTU Olmaliq filiali talabalari bilan uchrashuvga kelgan sportchi qizlar para kamondan otish bo‘yicha chempion bo‘lsalar-da, aslida ular bugungi kun, zamonamiz qahramonlari, yosh avlodning sport tarixida o‘z nomini qoldirayotgan matonatli vakillaridir. Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport unversiteti 1-bosqich talabalari Mansurova Oydinoy Mansur qizi para kamondan otish boʻyicha 7 karra Oʻzbekiston chempioni, Abdullayeva Nasiba Muhammad qizi 6 karra Oʻzbekiston chempioni sanaladi. 2021-yilda Nasiba “Jasorat” medali bilan taqdirlanganligini, unvonni shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan qabul qilib olganini hayajon bilan so‘zlab berdi.

🔷Iroda kuchi bilan asta-sekin aniq maqsadlari sari intilayotgan sportchi qizlarning matonati, kundalik qiyinchiliklar va to‘siqlarni yengillik bilan ruhan tushkunlikka tushmasdan yengib o‘tayotgani katta mardlikdir.

🔷Sportda erishgan yutuqlari bilan birga hunarmandchilik yo‘nalishida ham shaxsiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan bu qizlar ko‘plab tengdoshlariga haqiqiy iroda, mardlik timsolidir.

Scroll to Top