🔷TDTU Olmaliq filiali direktori, professor Samadov Alisher Usmanovichga O‘zbekiston Respublikasi Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasining AKADEMIK ilmiy unvoni topshirildi.
🔷Ilm-fan yo‘lida siz yaratayotgan ilmiy maktab bardavom bo‘lsin, deya hurmat bilan TDTU Olmaliq filiali jamoasi.
🔷O‘zbekiston Respublikasi Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi 2012 yilda tashkil etilgan nodavlat-notijorat tashkilot bo‘lib, hozirgi kunda 24 ta davlat vakillari a’zolikka ega. Turon fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy unvon va darajalar ilm-fan, adabiyot, san’at va sport, noshirlik sohalarida maktab yaratgan fuqarolarga hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarni rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan elchi, konsul va rasmiy maslahatchilarga, shuningdek Qadimiy Turon hududida nasl-nasabi asli turkistonlik bo‘lib, xorijiy mamlakatlarda tug‘ilib o‘sgan, tarixiy Vatanlari bilan yaqindan aloqada bo‘lgan, uning xalqaro nufuziga xizmat qilayotgan vatandoshlarga beriladi.