Flat Preloader Icon Loading...

Teatr – haqiqat sahnasi

zhajdari kelin

🔷Teatrda soxtalik emas, mahorat ila haqiqat gavdalantiriladi! «Teatr insonlardagi soxtaliklar haqiqat ila ko‘rsatib beriluvchi Haqiqatxona». Teatr insonlarga yengillik beruvchi tomoshagoh…

🔷Be’jiz bu ta’riflarni keltirmadik. Chunki TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan qo‘yilgan «Jaydari kelin» spektakli aynan mana shunday fikr bildirishga undadi.

🔷Har bir talaba ijro etayotgan rol zamirida dunyo haqiqati, labingizga tabassum yugurtirgan yo g‘amlikni bergan ijro ortida buyuk mahorat va iste’dod yotadi.

🔷Xotin-qizlar bayrami arafasida TDTU Olmaliq filiali ayol professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlarga sovg‘a sifatida sahnalashtirilgan «Jaydari kelin» spektaklidagi Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti yigit-qizlarining ijrosi har ko‘ngilga iliqlik va quvonch baxsh etdi.

🔷Spektakl avvalida o‘z samimiy tilaklarini bildirib o‘tgan filial direktori A.Samadov, teatr yakunida talabalar ijrosini yuqori baholadi va o‘zining iliq fikrlarini talabalarga bildirib o‘tdi.

Scroll to Top