20-mart kuni Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadriddin Turobjonovning TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
S. Turobjonovning ilmiy faoliyati og‘ir organik sintez mahsulotlari texnologiyalari va kam chiqindili texnologiyalar sohasida ixtirolar yaratishga qaratilgan. Organik kimyoning uglevodorodlar va ularning hosilalari asosida murakkab efirlar olishning kam chiqindili texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olimning alohida o‘rni bor.
Olim dastavval filialning yangi foydalanishga topshirilgan kimyoviy texnologiyalar yo`nalishi laboratoriyasi bilan tanishdi. So`ng filial professor-o`qituvchilari va iqtidorli talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Sadriddin Turobjonov oliy ta`lim islohotlarining ahamiyati va natijalari, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida so‘z yuritdi. jamoasining olib borayotgan faoliyatini ham alohida ta`kidlab, tayanch oliygoh bilan ilmiy, o‘quv yo‘nalishidagi hamkorlikni davom ettirish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona aloqalarni kuchaytirish kerakligini aytib o‘tdi.
Akademik filialning talaba-yoshlari va yosh tadqiqotchilariga o‘zining tajribasi bilan o‘rtoqlashib, ular tomondan berilgan savollarga batafsil javob berdi.