Davlatimiz rahbari boshchiligida 2023-yil 11-aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida adashgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Vazirlik tizimidagi obro‘-e’tiborli, boy hayotiy tajribaga ega rahbarlarga biriktirish tartibi joriy etilgan edi.
Shunga ko‘ra har bir mahallaga biriktirilgan rahbarlar joylardagi holatni o‘rganish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashmoqdalar.
Kuni kecha TDTU Olmaliq filiali direktori Alisher Samadov o‘ziga biriktirilgan Ohangaron shahar Qo‘rg‘on va Yаngiobod mahallalaridagi 11 nafar yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida direktor ular bilan suhbatlashdi, muammolarini tingladi. Mahalla mas’ullari bilan birga yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, mazkur toifadagi yoshlarning qiziqishlari va muammolari o‘rganilib, ularga bosqichma-bosqich yordam berishga kelishib olindi.