Magistraturaga qabul qilish belgilangan qabul kvotalari doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat komissiyasining oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 20-avgustga qadar tasdiqlanishi belgilangan.
Hujjatlarni topshirish http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Eslatma: magistraturaga milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan (https://t.me/OTM_Minbari/48049) shaxslar xujjat topshira olmaydi.