Mamlakatimizning turli sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimizni, shuningdek yetarlicha ish staji bo‘lmasa-da, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida munosib tarbiyalashga bag‘ishlagan jamiyatimizdagi faol insonlarning bir guruhi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qaroriga asosan e`tirof etilgan respublikamiz bo‘yicha 70 nafar nuroniylar qatorida TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari Isomatov Yusuf Po‘latovich hamda Nug‘monov Ikrom Nug‘monovich “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Unvon muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!