Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali qabul komissiyasi 2024-2025 oʻquv yilida oʻqishga tavsiya qilingan abituriyentlarning hujjatlarini 26 avgust sanasidan qabul qilishni boshlaydi.
Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1️⃣ Ta’lim yо‘nalishi, о‘quv tili, shakli kо‘rsatilgan holdagi ariza;
2️⃣ Umumiy о‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;
3️⃣ Pasport (16 yoshga tо‘lmaganlar uchun tug‘ilganligi tо‘g‘risidagi guvohnoma)ning 4 dona nusxasi;
4️⃣ 3,5 x 4,5 sm о‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat;
5️⃣ Qonun hujjatlariga muvofiq о‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;
6️⃣ Tо‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va kо‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar. (Tо‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar toifasiga «Mehribonlik uylari»da yashab ta’lim olgan, 18 yoshga tо‘lmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar kiradi.)
7️⃣ Yigʻma jild (ipli papka) 1 dona.
8️⃣ Konvert (A4 formatli) 1 dona.
Ariza shakli oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.