Flat Preloader Icon Loading...

Tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul

qabul 2024

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha

Tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka

Ixtisoslik nomi2025-yil uchun kvota (soni)
Tayanch doktorantura (PhD)Stajyor- tadqiqotchi
Foydali qazilmalarni boyitish2
Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi31

TALABGORLAR TOMONIDAN TOPSHIRILISHI ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR

Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 304-son qarori 16-bandidagi talab bo‘yicha ilmiy ishlari ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga mos kelishi lozim);
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
  • В1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-iyundagi 211-son buyrug‘i).

Hujjatlar 2024-yilning 15-sentyabrdan 15-oktyabr (mazkur sana ham kiradi) sanasiga qadar oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi (http://daraja.ilmiy.uz) Yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.

Manzil: Olmaliq sh, М.Ulug‘bek ko‘chasi 45-uy.

Murojaat uchun telefon raqami:  +99890 354-72-04.

Scroll to Top