Flat Preloader Icon Loading...

Yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

ttj

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining talabalar turar joyi qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 563-sonli qaroriga asosan amalga oshirildi. Davlat-xususiy sheriklik asosida qurib foydalanishga topshirilgan talabalar turar joyi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur ob’yekt qiymati 25,9 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Qurilish-ta’mirlash ishlarini “New-Brend-House” mas’uliyati cheklangan jamiyati amalga oshirdi. Belgilangan mablag‘ning 46,2 % subsidiya, 53,8% tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobidan realizatsiya qilindi. Besh qavatdan iborat binoda 142 ta xona mavjud bo‘lib, har bir xonaga 3 nafar talaba joylashishi mo‘ljallangan. Dars qilish, kiyim-kechak va yotoq mebellari, shuningdek ko‘rpa-to‘shak hamda  choyshablar bilan to‘liq ta’minlangan. Binoda suv ta’minoti, issiqlik, yoritish, kanalizatsiya tizimlarining sifatli ishlashi yo‘lga qo‘yilgan.

Talabalar turar joyi binosining pastki qismida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga mo‘ljallangan sport to‘garaklari, karaoke xonalari va boshqalarni tashkil etish ishlari amalga oshirish jarayonida.

Davlatimiz rahbarining olib borayotgan ulkan islohotlari natijasida yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar ularning chuqur bilim olishlari, yetuk kadr bo‘lib shakllanishlariga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tgan talabalar turar joyi binosining ochilishi tadbirida filial jamoasi, shahar hokimligi, sektor rahbarlari, shahar nuroniylar kengashi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Scroll to Top