Flat Preloader Icon Loading...

TDTU Olmaliq filialida navbatdagi Kengash

dotsent

TDTU Olmaliq filialining 2024-2025 o‘quv yilidagi 2-sonli Kengashi bo‘lib o‘tdi.

Kengash avvalida filial ilmiy salohiyati oshishiga hissa qo‘shayotgan Metallurgiya kafedrasi mudiri, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Karshiboyev Sherzod Begmaxamat o’g’li, Kimyo va fizika kafedrasi mudiri, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mirzaxmedov Rustamjon Mirxamidovich, Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri, Texnika fanlari nomzodi Riskulov Xashim Artikbayevich hamda Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi, Texnika fanlari nomzodi Kuybakov Baxodir Baydullayevichga dotsentlik attestatlari topshirildi.

Shundan so‘ng kengash kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z ishini davot ettirdi. TDTU Olmaliq filialiga kelib tushgan murojaatlar, Vazirlik va direktor buyruqlarining ijrosi, 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan filialda kо‘p yillar fidokorona mehnat qilib ishlayotgan professor-о‘qituvchilarni tabriklash, filial shtat birliklariga kiritilishi kutilayotgan o‘zgarishlar, 2024-2025- o‘quv yili boshlanishida amalga oshirilgan ishlar, muammolar va ularning yechimi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Хotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi va tarkibini tasdiqlash, 2024/2025-o’quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan iqtidorli talabalarni Respublika bosqichiga tavsiya etish, dotsent ilmiy unvoniga da’vogar xodimning rasmiy hujjatlari muhokamasi hamda O‘quv qo‘llanmani nashrga tavsiya etish kabi masalalar ham ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Scroll to Top