Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tanishtiruv xaftaligi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
1-bosqich talabalari ishtirokidagi uchrashuvda mas’ullar tomonidan tizimdagi islohotlar, korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan tartib-tamoyillar, korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekanligi, bu illatga qarshi birgalikda kurashishish lozimligi haqida tushuntirishlar berildi.