Flat Preloader Icon Loading...

“KvantForm” OAJ va TDTU OF hamkorligi doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi PF–5847 son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2024-yil 20-iyundagi muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining “KvantForm” OAJ va I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali o‘rtasida 2024-yil 4-sentyabrda hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Joriy yilning 4-oktabr kuni TDTU Olmaliq filialida “QForm dasturida navli prokatlashni loyihalash va modellashtirish” mavzusi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti “Metallarga bosim bilan ishlov berish” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Y.A.Gladkov, “KvantorForm” MChJning navli prokat bo‘yicha muhandisi I.S.Alimov, TDTU Olmaliq filiali direktori A.U.Samadov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.B.Xoliqulov, Energetika va mashinasozlik fakulteti dekani X.X.Boboyev, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri R.K.Tashmatov, kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistr va bakalavr talabalar, shuningdek, “O‘zmetkombinat” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ, “LI DA METAL TECHNOLOGY” XK MCHJ, “Angren pipe plant” MCHJ hamda “Ohangaron quvur metallurgiya zavodi” MCHJ QKlardan taklif etilgan soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbirda mehmonlar QForm dasturi va uning imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimotlar qilishdi. Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shu bilan birga mehmonlar filial laboratoriyalari bilan tanishtirildi.

Kunning ikkinchi yarmida “QForm” dasturida amaliy ishlar bajarilib, ishlab chiqarish soha mutaxassislari hamda filialning bakalavr va magistr talabalari berilgan topshiriqlar bo‘yicha mashqlar bajarishdi hamda ishtirokchilarga “QForm” dasturi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Scroll to Top