TDTU OF psixologi M.Yulchiyeva va guruh murabbiyi tomonidan Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti 1-bosqich talabalari bilan «Men baxtli talabaman» psixologik treningi tashkil etildi.
Talabalarning ijtimoiy-psixologik pasportini shakllantirish yuzasidan testlar o’tkazildi va testlarni o’tkazish jarayonida psixolog tomonidan shaxs temperamenti va xarakter xususiyatlari to’g’risida ham to’liq tushunchalar berildi.
Ushbu treningdan maqsad moslashuvchanlik davrida jamoaviy jipslik, pozitiv munosabatlarni shakllantirish, ruhiy holatni yaxshilash, stressga berilmaslik, emotsiyalarni boshqarish, irodaviy kuch to’g’risida umumiy tavsiyalar berish. Mashg’ulotda talabalar faol ishtirok etishdi, trening talabalar uchun foydali va mazmunli o’tdi.