Flat Preloader Icon Loading...

Vazifalar belgilab olindi

domla

Kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta’minlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida davlatimiz rahbarining joriy yil 16-oktyabrida PF 158-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonda 2025-yil 1-yanvaridan boshlab negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari belgilab berilgan.

Farmon asosida TDTU Olmaliq filialiga biriktirilgan bir nechta texnikumlardan biri – Angren 1-sonli kasb-hunar maktabi Angren shahar 1-son politexnikumi deb nomlanadi. Mazkur ta’lim tashkiloti direktori F.Ismoilov bugun filial direktori A.Samadov bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazish uchun OTMga keldi. Uchrashuvda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan suhbat olib borildi.

Scroll to Top