Flat Preloader Icon Loading...

Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish

Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligi munosabati bilan:

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganish”ga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar tanlovi o’tkazilmoqda.

Maqolalar hamda muallifning obyektivka-ma’lumotnomasi 2024-yilning 7-noyabr sanasiga qadar (shu kuni ham) quyidagi telegram manzilda qabul qilinadi:

@Anarboyev_AA

Maqola shartlari bilan tanishish uchun:

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovini o‘tkazish Nizomi O‘zbekiston Respublikasi rezidentining 2024-yil 12-sentyabr “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-323-son Qarorining to‘rtinchi bandida keltirilgan Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini 0‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

2.1. Tanlovning maqsadi – respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish, yoshlarimizni mamlakatimiz tarixiga va buyuk ajdodlarga nisbatan cheksiz hurmat va ehtirom ruxida tarbiyalash hamda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini yanada rivojlantirishdan iborat.

2.2. Tanlovning vazifalari:

Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish; yoshlar ongida buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini yanada rivojlantirish; yosh olimlarni Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hayoti va ijodini tadqiq etishga keng jalb qilish; Mirzo Ulug‘bekning erishgan yutuqlari, hayoti va ijodini hamda boy ilmiy-ma’rifiy merosini ilmiy tadqiq etish.

III. Tanlovni o‘tkazish tartibi

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tuziluvchi Ishchi guruh quyidagi huquq va majburiyatlami amalga oshiradi: tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilish; tanlov talablari, bosqichlari va tartibi to‘g‘risida respublika oliy ta’lim muassasalarini xabardor qilish; tanlovni o‘tkazishda shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rish; tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlami ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan oliy ta’lim muassasalaridan soha mutaxassislaridan iborat Ekspertlar guruhini shakllantirish; tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimini tashkil etish va o‘tkazish.

3.2. Tanlovda respublika oliy ta’lim muassasalarining talabalari ishtirok etishi mumkin.

3.3. Tanlovga materiallar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.

3.4. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy maqolani rasmiylashtirish taiablari: ilmiy maqola 14 shrift (Times New Roman), 1 interval, sahifaning yuqori, past, chap va o‘ng tomonidan 2 sm hoshiya, 5-6 bet; ilmiy maqola mavzusi o‘zbek, rus, ingliz tillarida keltiriladi. Navbatdagi satrda ilmiy maqolada muallifining (materiallar yakka mualliflikda qabul qilinadi) F.I.Sh.; oliy ta’lim muassasasining nomi; ta’lim bosqichi (bakalavr/magistr), ta’lim kursi; elektron pochta manzili; telefon raqami ko‘rsatiladi; yangi satrdan ilmiy maqolaning qisqacha mazmuni/annotatsiya (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 4-5 qator); kalit so‘zlar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 6-10 ta) maqola Kirish, Asosiy qism, Xulosalar, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (alifbo tartibida) qismlaridan iborat; matnda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatda keltirilgan tartibda raqamlangan shaklda, kvadrat qavsda keltiriladi.

3.5. Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1) Tanlovning birinchi bosqichi respublika oliy ta’lim muassasalarida 2024-ryilning 5-noyabr kuniga qadar amalga oshiriladi, saralab olingan ilmiy ishlar oliy ta’lim muassasasining yo‘llanma xati, oliy ta’lim muassasasi taqrizi bilan birgalikda ilmiy ishni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tuzilgan Ekspertlar guruhiga 10-noyabrga qadar taqdim etiladi.

2) Tanlovning ikkinchi bosqichi 2024-yil 1-dekabrga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tashkil etilgan Ekspertlar guruhi tomondan o‘tkazilib, tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlami ekspertizadan o‘tkazish va materiallarni to‘plam shaklida nashr etish uchun saralash amalga oshiriladi. Ekspertlar guruhi tomonidan berilgan xulosa asosida 2024-yil 10-dekabrga qadar tanlov g‘oliblari e’lon qilinadi hamda taqdirlanadi.

3.6. Tanlovga taqdim etilgan ilmiy maqolalar nizomning ilovasiga muvofiq belgilangan mezonlar asosida 100 ballik tizimida baholanadi.

3.7. Tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlar belgilangan mezonlar asosida baholanadi va eng yuqori balga ega bo‘lgan 3 ta maqola mualliflari 1-, 2-, 3-o‘rinlar bo‘yicha g‘olib deb topiladi.

3.8. Har bir o‘rin bo‘yicha tanlov g‘oliblari (jami 3 nafar) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi (daromad solig‘i bilan qo‘shib hisoblangan) miqdorda pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:

1- o‘rin – 7 000 000 so‘m;

2- o‘rin – 6 000 000 so‘m;

3- o‘rin – 5 000 000 so‘m.

IV. Yakuniy qoidalar

4.1. Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari mas’ul etib belgilanadi.

4.2. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash xarajatlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’lim muassasalarining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

4.3. Tanlov va tanlov g‘oliblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb sayti hamda telegram kanalida e’lon qilinadi.

4.4. Tanlovni o‘tkazish Nizomiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi guruhi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Filial bosqichidan o‘tgan talabalar Respublika bosqichiga tavsiya etiladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan g‘olib deb topilgan ilmiy maqolalar pul mukofoti, sertifikat hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Eslatib o’tamiz: Tanlovga taqdim etilgan ilmiy maqolalar belgilangan mezonlar asosida baholanadi va eng yuqori balga erishgan 3 nafar ishtirokchilar saralab olinadi. G’oliblar shu yilning 10-dekabr sanasiga qadar e’lon qilinadi.

Scroll to Top