Kuni kecha Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi» sport musobaqalarining Toshkent viloyati bosqichi bo’lib o’tdi. 11 ta OTM jamoalaridan 400dan ortiq talabalar ishtirok etgan ushbu musobaqada talaba-yoshlar sportning voleybol, stritbol, mini-futbol, stol tennisi hamda yengil atletika turlari boʻyicha shiddatli va qizgʻin bellashuvlarni olib bordilar.
TDTU Olmaliq filiali talabalari ham ushbu olimpiadada faol ishtirok etishdi. Mini futbol bo’yicha TDTU Olmaliq filiali jamoasi faxrli 2-o’ringa munosib deb topildi.
Gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.