Toshkent viloyati hokimligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimlari joriy yilning 12-noyabr sanasida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda talabalar turar joylari va ijarada istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuv o’tkazib, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish boʼyicha suhbatlashildi.
Shuningdek, mutasaddi vakillar talaba va magistrlar bilan uchrashuv davomida oliy taʼlim muassasasidagi istiqbolli ilmiy-innovatsion ishlanmalar, tijoratlashtirish loyihalar bilan tanishib chiqildi. Loyihalarni amalga oshirishda kerakli ko’rsatmalar berildi.