Flat Preloader Icon Loading...

“Talabalik – oltin davrim”

photo 2024 12 02 10 32 45

Talabalar kuni munosabati bilan Konchilik ishi hamda Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetlari hamkorligida “Talabalik – oltin davrim” nomli tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan filial direktorining birinchi o‘rinbosari B.Djamiyev, fakultet dekani O.Xasanov talaba yoshlarga o‘z tilaklarini bildirdilar. Tadbirda filialning ijodkor talabalari ijrosida qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, Konchilik ishi hamda Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetlari jamoasi tomonidan “Talabaga kitob ulashaman” loyihasi doirasida to‘plangan kitoblar Talabalar turar joyi kutubxonasiga topshirildi.

Scroll to Top