Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 13-noyabrdan 13-dekabrgacha «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida hamda «9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir debochasida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosari B.Djamiyev ishtirokchilarga mehmonlarni tanishtirish bilan birga, korrupsiyaga qarshu kurashish borasida olib borilayotgan targ’ibot tadbirlari va ularning ahamiyati haqida to’xtaldi.
Shuningdek, tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens” nazorat tizimini boshqarish boʻlimi, Olmaliq shahar IIB huziridagi TB tergovchisi M.Dehqonboyev, Olmaliq shahar Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i M.Ashurova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi A.Fozilivlar soʻz olib, korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilikning roli toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berib oʻtishdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni, Qonunning asosiy maqsadi manfaatlar to‘qnashuvi xavfini kamaytirish, halollik vaksinasi bilan emlash, xolislik, ochiqlik, shaffoflikni ta’minlashdan iborat. Shu bois ushbu qonun talablariga rioya qilish har bir fuqaroning huquqiy va ma’naviy burchidir.
Tadbir davomida korrupsion huquqbuzarliklar uchun belgilangan jazo choralari yuzasidan ma’lumotlar keltirilib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar ragʻbatlantirildi.