TDTU Olmaliq filialida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan kecha tashkil etilgan “Yuraklardan yurakka” xayriya marafoni bugun ham davom etdi. Marafon doirasida to‘plangan mablag‘ga kitoblar, o‘yinchoqlar, sharlar xarid qilindi.
Filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari bugun shahar bolalar kasalxonasiga borib, u erda davolanayotgan bolalarga sovg‘alar bilan bir olam quvonch ulashdilar.