TDTU Olmaliq filiali Kengashining 4-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash avvalida texnika fanlari nomzodi I.R.Samandarovga va (PhD) O.N.Boltayevga OAKning dotsent guvohnomalari topshirildi.
Kengash kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’ruzachilar filial direktorining o‘rinbosarlari B.Djamyiev, O.Abdiyev, D.Holiqulov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i L.Yakubovning ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzalar bo‘yicha muhokamalar, savol-javoblardan so‘ng tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, dotsentlikka da’vogarlarning rasmiy hujjatlari muhokamasi, darslikni Muvofiqlashtiruvchi Kengash muhokamasiga taqdim etish va dissertatsiya mavzusini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.