Shaxmat o’ynash, insonning fikrlash qobiliyatini va ijodiy yondashuvini oshiradi. O’ziga xos strategiyalarni ishlab chiqish, raqibning harakatlarini oldindan taxmin qilish va o’yin davomida tez qaror qabul qilish – bularning barchasi shaxmatning qiziqarli va murakkab jihatlari hisoblanadi.
Shaxmat – bu nafaqat sport, balki insonlarning aql-idrokini, sabr-toqatini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan o’tkazadigan o’yindir. Konchilik ishi fakultetida o’tkazilgan shaxmat olimpiadasi ham shu maqsadda tashkil etilgan bo’lib,unda hafaqadagi yoshi ulug` hamshaharlarimiz ham ishtirok etishdi. “Keksalar-oila chirogʻi” mavzusida oʻtkazib kelinayotgan tarbiyaviy soatlar shaxmat musobaqalariga ulanib ketdi.