Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali vakillari Angren universitetida bo’lishdi. Uchrashuv davomida bir nechta hamkorlik loyihalari, ilmiy izlanishlar va innovatsion texnologiyalar sohasidagi masalalar muhokama qilindi.
Xususan, qo’shma ilmiy ish va maqolalar, professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, qo’shma amaliyot dasturlari rejalashtirildi.
Ushbu hamkorlikdan maqsad ikki oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy chora-tadbirlar va yillar davomida orttirib borilayotgan tajriba va ko’nikmalar asosida yetuk va malakali kadrlarni tayyorlashdir.