2024-yilning so’ngida Yоsh olimlar kengashi faoliyatining yillik sarhisob yig’ilishi o’tkazildi. Mazkur yig’ilishda Yоsh olimlar kengashi raisi PhD G.Yusupovaga 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi hamda ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari qay bosqichda ekanligini aniqlash bo‘yicha vazifalar yuklatilgan edi.
16-yanvar kuni filial direktori A.Samadov hamda direktorining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari D.Xoliqulov rahbarligida o’tkazilgan Yоsh olimlar kengashining navbatdagi yig’ilishida 2025-yilda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari himoya qilinishi rejalashtirilgan 30 nafar professor-o‘qituvchilar va izlanuvchilar bilan suhbat tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilish davomida 2025-yil uchun belgilangan maqsad va vazifalar muhokama qilinib, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.