Flat Preloader Icon Loading...

Bekobod shahar politexnikumiga tashrif

bekobod

Kuni kecha TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Mamaraximov, D.Mirzavaliyev, J.Sunnatov filialga biriktirilgan Bekobod shahar politexnikumida bo‘lishdi. Politexnikum o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashuvda kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida chop etilgan boshlang‘ich professional ta’limning po‘lat quyuvchi kasbi bo‘yicha “Olovga bardoshlilikni oshirish texnologiyasi va jihozlari” fanidan o‘quv dasturi asosida tuzilgan o‘quv qo‘llanmaning taqdimotini o‘tkazishdi.

Shuningdek, boshlang‘ich professional ta’lim hamda oliy ta’lim hamkorligi yuzasidan fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Scroll to Top