2024/2025-oʻquv yilida magistratura mutaxassisligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar safida TDTU Olmaliq filiali magistranti Abdurafiqov Behzod Anvarjon o’g’li ham bor.
Behzod Abdurafiqov ikkinchi marta Prezident stipendianti bo’ldi.
Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 124 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 20 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi – suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 57 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar tavsiya etildi.