Hurmatli talabalar!
“Moliyaviy savodxonlik asoslari” seminar trening dasturi aprel-may oylari uchun qabul boshlandi.
Dastur davomidagi darslarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Uzcard to’lov tashkilotlari tomonidan tayinlangan ambassador, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Xotin-qizlar masalalari boyicha maslahat kengashi raisi Hasanova Hamida olib boradi.
Agar Sizga bu qiziq bo’lsa, ro’yxatdan o’tishga shoshiling!
Ro’yxatdan o’tish uchun: @Hamidahasanova
Ro’yxatdan o’tishning oxirgi muddati: 8-aprel
Joylar soni chegaralangan. O’z joyingizni band qilishni unutmang.