Flat Preloader Icon Loading...

Kitob – beminnat ustoz!

photo 2025 04 14 12 27 15

Bugun TDTU Olmaliq filiali Axborot-resurs markazining “Kitob-beminnat ustoz, kitobxonlik – esa ma’naviy ehtiyoj” nomli tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda filial professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan oʻquv adabiyotlari taqdimoti oʻtkazildi.

Filial ilmiy ishlar innovasiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari DcS D.Xoliqulov “Ogʻir rangli metallar metallurgiyasi ” nomli oʻquv qoʻllanmasi, Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti “Metallurgiya” kafedrasi dotsenti N.Asqarova “Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi” nomli darsligi, dotsent R.Toshqodirova “Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi ” nomli darsligi, dotsent T.Djumaqulov “Organik kimyo” nomli darslik, dotsent I.Samandarov “Visshey matematika ” nomli metodik qoʻllanmasi, dotsent S.Sheraliyev “Tebranma harakatlarni oʻqitishning nazariy va amaliy omillari” nomli monografiyasi, Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri R.Mirzaxmedov “Praktikum po kursu obshaya i neorganicheskaya ximiya” nomli, M.Jumayev “Umumiy va noorganik kimyo fanidan laboratoriya ishlari uchun” nomli oʻquv qoʻllanmasi, “Energetika va mashinasozlik” fakulteti dekani X.Boboyev “Plastik va yuqori plastik ilmiy asoslari” nomli monografiyasi, PhD R.Toshmatov “Suyuq holatda shtamplash asboblarining chidamliligini oshirish uchun termik puxtalash texnologiyasini tadqiqot qilish” nomli monografiyasi, dotsent M.Joʻrayev “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” nomli darsligi, S.Gʻaniyev “Elektr mashinalari ”nomli oʻquv qoʻllanmasi, dotsent D.Rismuxamedov “Releli himoyа” nomli oʻquv qoʻllanmasi, Sh.Mamirov  “Togʻ-kon metallurgiyasida qoʻllaniladigan jihozlar detallarini elektrokontaktli pishirish usulida qayta tiklash va puxtalash texnologiyasi” nomli monografiyasi haqida ma’lumot berdilar.

Konchilik ishi fakulteti dotsenti M.Mutalova “Foydali qazilmalarni boyitishga tayyorlash jarayonlari” nomli darsligi, dotsent Gʻ.Bakirov “Oltin tarkibli ruda konlarida er osti laxmlarining turgʻunligini va xavfsizligini ta’minlash” nomli darsligi, dotsent B.Kuybakov “Gidravlika” nomli oʻquv qoʻllanmasi, dotsent O.Abdurasulov “Oʻzbekstonning eng yangi tarixi” hamda “Muhandislik psixologiyasi fanidan amaliy mashgʻulotlar uchun uslubiy tavsiyalar” nomli oʻquv qoʻllanmalari, dotsent B.Kayumov “Kreativniy podxod na urokax russkogo yazika v texnicheskogo napravleniya visshix uchebnix zavedeniy” nomli monografiyasi, V.Axmedova “Oʻzbek tili ” nomli oʻquv qoʻllanmasi, dotsent Z.Mirzakarimova “Oʻzbek tilida soʻz ma’nolarining subektiv boʻyoq kasb etishi” nomli monografiyasi, katta oʻqituvchi M.Qosimova “Deutsch” nomli oʻquv, filologiya fanlari doktori A.Pirimqulov “Yonimizdagi yozuvchi” asari, matbuot kotibi M.Ergasheva “Ilm saodat yoʻlidir” nomli kitobi haqida ma’lumot berdilar.

Scroll to Top