Bugun TDTU Olmaliq filiali huzuridagi akademik litseyda “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Oʻzgacha shijoat va gʻayratga ega litsey oʻquvchilari bayram tadbiriga alohida zavq-shavq bilan tayyorgarlik koʻrishgan.
Tadbir davomida fanlarni a’lo baholarga oʻzlashtirayotgan 10 nafar oʻquvchiga “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi sertifikati, 10 nafar a’lochi oʻquvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma va sovgʻalar, shuningdek “Zakovat” intellektual oʻyini respublika bosqichida faxrli 3-oʻrinni egallagan “Patronus” jamoasiga TDTU Olmaliq filiali rahbariyatining maxsus sovgʻalari topshirildi. Tadbirda filial Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari O.Abdiyev va Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosar B.Djamiyev oʻquvchilarga, litsey jamoasini tabriklab, kelgusi ishlarida omad tiladilar.