Flat Preloader Icon Loading...

Amir Temur vorislari

photo 2025 04 14 15 39 46

Bugun TDTU Olmaliq filiali talabalari o’rtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasining fakultet bosqichi musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqalar fakultet tyutorlari hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi assistentlari D.Yusupov, G.Qarshiboyeva va J.Erkaboyev hamkorligida o’tkazildi.

Energetika va mashinasozlik fakultetida Turnikka tortinish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Konchilik ishi fakultetida esa uzoqqa granata uloqtirish va turnikka tortinish bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Turnikka tortinish bo’yicha 1-o‘rin — A.Jumaboyev (5-22 KEM), 2-o‘rin — B.Reyimov (5-23 KEM), 3-o‘rin — U.Berdiqulov (3A-23 YOKI) ga nasib etdi.

Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakultetida o’tkazilgan arqon tortish, tosh ko‘tarish, turnikda tortinish, armrestling va qo‘l kuchi sinovlarida umumjamoa hisobda 1-o‘rin — 1-A 24 Met, 2-o‘rin — 1-B 24 Met, 3-o‘rin — 1-A 22 Met guruh talabalari g‘olib bo‘ldi.

Scroll to Top