TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti jamoasi “Talaba o‘qigan maktab” loyihasi doirasida 2025-yil 5-aprel kuni 2-bosqich talabasi 3d-24 FQB guruh talabasi Omonullayev Abdurashid tahsil olgan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 39-umumiy o‘rta ta`lim maktabiga borishdi.
Talabaning maktabdagi davri, uning ilm-fanga boʻlgan qiziqishi toʻgʻrisida suhbat olib borildi. Boʻlib oʻtgan uchrashuvda Sangardak MFY raisi Jalolov Norboy, maktab direktori Gaibov Turgʻun va maktab jamoasi ishtirok etishdi.
Uchrashuvda fakultet Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.A Gaibnazarov soʻzga chiqib, Omonullayev Abdurashidning oliygohdagi xulq-atvori, izlanuvchanligi, ilmga qiziqishi va yutuqlari toʻgʻrisida gapirib, kelajakda bu talaba yurtimiz ravnaqi uchun etuk kadr boʻlishiga ishonch bildirdi.