Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF jamoasi va talabalari Kumushkon ziyoratgohida

sayo at

2024-yildan boshlab har yili ichki turizm yo‘nalishidagi turoperatorlarning mahsulotlarini turistlarga taqdim qilish maqsadida “To‘rt faslning har birida sayohat qil” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish vazifalari hukumatimiz tomonidan belgilangan edi. Bunda mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, turizm ob’yektlariga aholini keng jalb qilish, ziyoratgoh va sayohat maskanlari bilan sayohatchilarni tanishtirish kabi masalalar ko‘zda tutilgan edi.

Davlatimiz rahbarining yaqinda har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni deb belgilash tashabbusi ham Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali jamoasi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Toshkent viloyatining Kumushkon ziyoratgohi maskaniga tashkil etilgan sayohatda 175 nafar professor-o‘qituvchi, 75 nafar ishchi-xodim, 50 nafar faol talaba, “Qalqon” guruhi a’zolari, fakultet koordinatorlari, jami 300 nafar sayohatchi ishtirok etdilar.

Ona tabiat bag‘ridagi ziyoratgoh maskani filial jamoasi, ularning oila a’zolari va talabalar uchun haqiqiy tabiiy xotirjamlik, tabiat go‘zalligidan zavqlanish, jamoaviy birdamlik va hamjihatlik tuyg‘ularini baxsh etdi.

Scroll to Top