TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida davlat stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etishga talabgor talabalar bilan tadbir o’tkazildi. Unda fakultet dekani D.Mirxamitova, dekan o’rinbosarlari B.Habibullayev va J.Suyarov, fakultet tyutorlari J.Norboyev va N.Rustamova hamda fakultetning fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirayotgan talabalari qatnashdi.
Fakultet dekani va filial Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi muhandisi Z.Diyorov davlat stipendiyalari haqida ma’lumot berishdi.