Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish toʻgʻrisidagi hukumat qaroriga koʻra 2022-yildan boshlab “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi oʻtkazilmoqda. Mazkur tanlovning viloyat bosqichida ilmiy-texnik faoliyat, innovatsion gʻoyalar bilan ishtirok etib, gʻolib boʻlgan yoshlar respublika tanloviga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Kuni kecha boʻlib oʻtgan tanlovning viloyat bosqichida TDTU Olmaliq filialining 10 nafar talabasi ishtirok etdi.
Ulardan 3 nafari tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar:
- Mirusmanova Farangiz 11M-24 KT talabasi, ilmiy rahbar – R.Mirzahmedov
- Eraliyev Xusniddin 1B-24 Met guruhi talabasi, ilmiy rahbar O.Boltayev
- Sodiqov Temirali 8-22 TM guruh talabasi, ilmiy rahbar – I.Samandarov
Metallurgiya kafedrasining iqtidorli talabalar faoliyatiga mas’ul professor-oʻqituvchisi S.Mamaraximov tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etgan filial talabalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatladi.
Z.Diyorov,
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi