Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Universiti Malaysia Perlis (UniMAP) o‘rtasida Zoom platformasi orqali onlayn formatda rasmiy tanishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, xususan ta’lim sohasida talabalar almashinuvi masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Asosiy e’tibor o‘xshash yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalariga qaratildi.