Flat Preloader Icon Loading...

“Finlit.uz bilan moliyaviy savodxonlik sari” mavzusida seminar

photo 2025 05 16 16 22 45

«Finlit.uz» axborot-ta’lim resursi – bu moliya va iqtisodiyot sohasidagi asosiy bilimlarni o’qitish uchun mo’ljallangan veb-sayt. Resursning asosisy maqsadi moliyaviy savodxonlikni oshirish va fuqarolarning moliyaviy xulq-atvorlarini shakllantirishdir.

Bugun TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida «Finlit.uz bilan moliyaviy savodxonlik sari» mavzusida bo’lib o’tgan seminar-treningda veb-sayt haqida talabalarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar-trening davomida Markaziy bank Toshkent viloyati mas’ul xodimi I.Nishonaliyev hamda Ipoteka bank Olmaliq filiali boshqaruvchisi o’rinbosari O.Qudratov tomonidan talabalarga «Finlit.uz» veb sayti orqali qanday qilib moliyaviy savodxonlikka oid bilimlarni egallash mumkinligi tushuntirildi.

Scroll to Top