“O‘zmetkombinat” AJ yiliga 1mln 26 ming tonna prokat mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega yirik sanoat korxonasi bo‘lib, issiq o‘tkazmas materiallar, ferroqotishmalar, rangli metall mahsulotlari, sirlangan po‘lat idishlar va boshqa turdagi xalq is`temoli mollari ham ishlab chiqariladi.
Kuni kecha TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari “O‘zmetkombinat” korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish texnologik jarayonlari hamda yangi o‘rnatilgan dastgoh va uskanalar bilan tanishdilar. Shuningdek kombinat tarixi haqida so‘zlovchi muzey eksponatlarini ko‘zdan kechirdilar.