Flat Preloader Icon Loading...

TDTU Olmaliq filialida xalqaro ilmiy-texnik anjuman

photo 2025 05 13 16 13 30 2

TDTU Olmaliq filialida “Oʻzbekistonda mashinasozlikning zamonaviy yoʻnalishlari va dolzarb muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy-texnik anjuman boʻlib oʻtdi.

Unda respublikamizdagi texnika oliy ta’lim muassasalarining mashinasozlik yoʻnalishi mutaxassislari, yetakchi olimlari hamda Rossiya Federasiyasi, Turkiya Respublikasi, Hindiston Respublikasidan soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Konferensiya mavzusi boʻyicha 200 dan ortiq maqolalarni jamlagan ilmiy-texnik anjuman materiallari toʻplami nashr etildi. Anjuman yalpi majlisida xorijiy mutaxassislardan «KvantorForm» MChJ sоtuv bo‘limi direktori, texnika fanlari nomzodi Yu.Gladkov, Necmettin Erbakan University professori O‘.M.Ihsan, Irkutsk tadqiqot milliy texnik universiteti aspiranti Alesya-Mariya Martinenko onlayn maʼruza bilan ishtirok etdilar.

Soha yo‘nalishi bo‘yicha ish olib borgan oltita sho‘balarda mashinasozlikning zamonaviy yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha ma’ruzalar oʻqildi, fikrlar almashildi.

Scroll to Top