Flat Preloader Icon Loading...

“Olim oʻqigan maktab” loyihasi amalda

olim

Ulkan ilm-fan olamining mashaqqati va kashfiyotlari ilmiy tadqiqot yoʻlidagi odamni ulugʻlab, uni komillik sari etaklaydi. Olimning erishgan yutuqlari, hayot yoʻli, tajribasi va mehnati juda koʻplab insonlarga oʻrnak, ibrat boʻla oladi. Ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod uchun bu haqiqiy hayot maktabi hisoblanadi.

TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti professori Karimov Maxmud Muratovichning ilmiy-pedagogik faoliyati, hayot yoʻli juda koʻpchilik uchun ibrat manbaidir.

Kuni kecha fakultet rahbariyati, jamoa a’zolari M.Karimov tahsil olgan Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 54- umumiy oʻrta ta’lim maktabiga borishdi. “Olim oʻqigan maktab” loyihasi asosida tashkil etilgan tadbir maktab jamoasi va oʻquvchilarda katta tassurot qoldirdi. Tadbirda olimning hayot yoʻli, ilmiy-pedagogik faoliyati, erishgan yutuqlari, ilm-fan olamiga qoʻshgan hissasi haqida soʻz bordi. Iqtidorli talabalar tadbirga oʻzgacha fayz qoʻshishdi.

Scroll to Top